🥰 8-mart — “Xotin-qizlar bayrami” arafasida dam olish kunlari qanday bo‘ladi?
Bu yil 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami haftaning yakshanba kuniga to‘g‘ri keldi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
Shunga ko‘ra, bayram arafasida besh kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:
➖ 7-mart, shanba – dam olish kuni
➖ 8-mart, yakshanba – bayram kuni
➖ 9-mart, dushanba – qo‘shimcha dam olish kuni
Profi University'da dam olish kunlari: 7–8–9 mart.
Universitetimizda 10-mart kuni darslar boshlanadi.